Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 31-avgustga qadar Bosforni kesib o‘tuvchi uchinchi ko‘prikdan o‘tish barcha transport vositalari uchun bepul bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda u Istanbulda Yavuz Sulton Selim ko‘prigining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbirda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Ko‘prik uchun sarf-xarajatlar kichik bo‘lmadi, biroq biz adolat bilan yo‘l tutamiz. 31-avgust kechasiga qadar u orqali o‘tish bepul bo‘ladi. Shu ko‘prik tufayli bundan keyin yuk mashinasi va avtobuslar shahar tashqarisiga chiqmaydi”, — dedi u.
Hozirgi paytda ko‘prik rasman ochilgan. Uni ochish tasmasini Erdo‘g‘onning o‘zi, bosh vazir Binoli Yildirim, hukumat a’zolari, shuningdek, chet ellik mehmonlar kesdi.
Bir necha minglab kishi tadbirda tomoshabin sifatida ishtirok etdi.
Izoh (0)