Rio-de-Janeyro shahrida 5–21-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar 4891 doping namunasini topshirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Olimpiadada topshirilgan doping namunalari soni 4891 taga teng. Shulardan 4027 tasi peshob, 444 tasi qon, 421 tasi qon pasporti namunalari”, – deyiladi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
Rossiya olimpiya qo‘mitasi rahbari Aleksandr Jukov Rio–2016 Olimpiadasida rossiyalik sportchilar 360 ta doping namunasi topshirganini ma’lum qildi.
Izoh (0)