Futbol bo‘yicha JCh–2018 saralashining uchinchi bosqichi “B” guruhidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Avstraliya o‘rtasidagi uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
6-oktabr kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga bosh hakam sifatida FIFA referisi – Ravshan Ermatov tayinlangan. Ermatovga bu o‘yinni boshqarishda qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifatida esa Sherzod Qosimov ishlaydi.
Uchrashuv nazoratchisi qatarlik Safar Tolib Ballan bo‘lsa, komissarlik vazifasi xitoylik Tu Xiliangga topshiriladi.
Izoh (0)