Yangi teraktlar tahdidi bois Fransiya hukumati 2016–2017-o‘quv yili arafasida maktablarda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaror qildi. Bu haqda, mamlakat ichki ishlar vaziri Bernar Kaznyovning bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“1-sentabrdan butun Fransiya bo‘ylab maktablar yaqinida mobil patrullar tashkil etiladi. O‘quv muassasalarini qo‘riqlashga 3 mingdan ortiq zaxira xodimlari jalb qilinadi”, — dedi vazir Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra.
Izoh (0)