Rio-de-Janeyroda Olimpiadaning yopilish kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi shaxsiy telekanalini ishga tushirilganini ma’lum qildi. Bu haqda Deutsche Welle ma’lumotiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Kanalning maqsadi hozirgi yozgi O‘yinlardan qishkisiga qadar jamoatchilikning Olimpiada o‘yinlariga qiziqishini saqlab qolish va yanada yoshroq auditoriyani jalb etishdan iborat.
Kanalni faqat internet orqali “Olympicchannel.com” manzili bo‘yicha ko‘rish hamda dastur tariqasida smartfon va planshetlarga yuklab olish mumkin. U kecha-yu kunduz ishlashi taxmin qilinmoqda.
U dastlab turli musobaqalarning takrori va sportchilardan intervyularni namoyish etsa, keyinchalik uning dasturiga tok-shou va yangiliklar ham kiritiladi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ilk bor o‘z kanalini ishga tushirish rejasini 2015-yilning dekabrida ma’lum qilgan edi. Reuters loyiha qiymati 2015-yildan 2021-yilga qadar 450 million dollarni tashkil etishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)