Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 20-turidan joy olgan 3 ta bellashuv boshqa sanaga qoldirildi, deb xabar berdi PFL rasmiy sayti.
Bunda gap “Paxtakor” — “Qizilqum”, “Olmaliq” — “Bunyodkor” va “Mash’al” — “Lokomotiv” o‘yinlari haqida bormoqda.
Toshkent shahri klublari milliy terma jamoaga 3 va undan ko‘proq futbolchisini taqdim etgani uchun, tur o‘yinini boshqa sanaga ko‘chirishni so‘rab murojaat qilishga haqli edi. Bu holat reglamentning 4-band, 4.24-punktida ko‘rsatib o‘tilgan.
20-avgust sanasidan boshlangan O‘zbekiston milliy terma jamoasining yig‘ini uchun “Paxtakor”ning 6, “Lokomotiv”ning 4, “Bunyodkor”ning esa 3 nafar futbolchisini taklif qilingandi.
Izoh (0)