O‘zbekistonlik taekvondo ustasi Dmitriy Shokin Rio—2016 Olimpiadasidagi ikkinchi jangida ham zafar quchib, yarim final chiptasini qo‘lga kiritdi.
80 kilogrammdan yuqori vaznga ega bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shokin 1/8 finalda xitoylik raqibini mag‘lub etgandi, chorak finalda esa kubalik Rafael Kastilodan ustun keldi.
Jangning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Qo‘shimcha daqiqalarda oltin ochko qoidasi ishga tushdi va unda raqibidan faolroq bo‘lgan Dmitriy Shokin yarim finalda jang qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)