NBC telekanalida Rio-de-Janeyro Olimpiadasi translyatsiyalari 2012-yilgi London o‘yinlariga nisbatan 20 foizga qisqardi. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, o‘tgan Olimpiadaga nisbatan telereytinglarning tushishi 17 foizni tashkil qildi. Xususan, 18–49 yoshli auditoriya miqdori 25 foizga qisqardi. Olimpiadani NBC’ning internetdagi mahsulot va resurslari orqali kuzatayotganlar auditoriyasi 24 foizga o‘sdi.
Shu bilan birga, muxlislarning 98 foizi, ilgarigiday, Olimpiadani televizor orqali kuzatishni ma’qul ko‘rmoqda.
NBC televizion kompaniyasi AQShda Olimpiya o‘yinlarini namoyish etish huquqining 2032-yilga qadar yagona egasidir. Bu huquqni kompaniya 12 milliard dollarga sotib olgan edi.
Izoh (0)