Avstraliyalik sportchilar jarima to‘lashga rozi bo‘lganidan so‘ng Rio-de-Janeyro politsiyasi tomonidan ozodlikka chiqarildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq to‘qqiz nafar avstraliyalik sportchi basketbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Olimpiya turniri yarim final uchrashuviga borish uchun akkreditatsiyalarini soxtalashtirishga urinishda ayblanib politsiya tomonidan qo‘lga olingan edi. Avstraliya va Serbiya termalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 87:61 hisobi bilan serblar foydasiga hal bo‘ldi.
Avstraliyalik atletlar 100 ming Braziliya reali (3119 dollar) miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘ldi.
Izoh (0)