Nijniy tagillik 70 yoshli pensioner ayol unga pensiyasi qalbaki kupyuralarda berilganligini ta’kidlab politsiyaga ariza berdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Keksa ayolning so‘zlariga qaraganda, uning 30 yoshli qo‘shnisi bir necha ming rubl qarz so‘rab murojaat qilgan. Ayol unga 5 ming rublga teng kupyurada qarz bergan. Shunda uning qo‘shnisi pullarning haqiqiy emasligiga e’tibor bergan.
Voqea joyiga chiqqan politsiya bir ming rublga teng yana yettita qalbaki kupyurani aniqladi. Keyinroq o‘sha uyning boshqa pensionerlarida qalbaki kupyuralar topilmaganligi aniqlandi.
Hodisa yuzasidan tekshirish o‘tkazilmoqda. Qalbaki kupyuralar musodara etilgan.
Izoh (0)