18-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Italiya Respublikasi elchisi Rikkardo Manarani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston–Italiya kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Elchining ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning izchil rivojlanishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi qayd etildi.
O‘zbekistondagi besh yillik xizmatini sarhisob qila turib, elchi o‘z ma’suliyatli vazifasini muvaffaqiyatli bajarishi va elchixonaning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.
Izoh (0)