“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent avtobuslarida Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha bepul internetga ehtiyoj bor-yo‘qligi yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Toshshahartransxizmat” AKT bo‘limining bildirishicha, so‘rovnoma Toshkent avtobus yo‘nalishlarini simsiz internet tarqatish tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha loyihani ishlab chiqish arafasida o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)