AQShning Ford avtomobilsoz kompaniyasi to‘liq avtonom boshqaruvdagi — rul chambariga, akselerator va tormoz pedaliga ega bo‘lmagan model chiqarish rejalarini oshkor etdi. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Konsern ijrochi direktori Mark Fildsning ma’lum qilishicha, haydovchisiz avtomobillar 2021-yilda yo‘llarda paydo bo‘ladi.
Aytilishicha, boshqaruv funksiyalarini elektron tizimlar bajaradi, mashina esa SAE bo‘yicha boshqaruv qismlari va haydovchi talab qilmaydigan to‘rtinchi kategoriyaga mansub bo‘ladi.
Ford bunday turdagi mashinalar uchun dasturiy ta’minot va uskunalar yaratish bilan shug‘ullanadigan to‘rtta startapga mablag‘ kiritdi. Ular orasida lidar (optik tizimlar yordamida olis obyektlar haqida ma’lumot to‘plash tizimi) va uch o‘lchamli xarita texnologiyalarini ishlab chiqqan Velodyne, shuningdek, avtomobil elektronikasini infrastrukturaga moslashtirish bilan shug‘ullanuvchi SAIPS bor.
Izoh (0)