Hindistonlik muhandis talaba Vimal Govind Manikandan o‘z jamoasi bilan birga 750 dollarga ekzoskelet yasadi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Kashfiyotchining so‘zlariga qaraganda, kostyum yasashga uni Jeym Kemeronning “Avatar” filmi ilhomlantirgan. Ekzoskelet vazni — 100 kilogramm, u 150 kilogrammgacha yuk ko‘tarishi mumkin.
Kostyumni yig‘ish uchun Manikandan jamoasi 750 dollar xarajat qildi. Vaholanki, ushbu uskunaning eng arzon muqobillari o‘n minglab dollar turadi.
Ekzoskeletning ikki kamchiligi bor — og‘irligi bois u tez harakatlana olmaydi va batareya quvvati tez tugaydi.
Manikandan kashfiyotini Hindiston mudofaa vazirligiga taqdim etmoqchi, ammo, shunga qaramay, u kostyumning kelajagini sanoatda ko‘rmoqda.
Temir odam uslubida, qizil va oltin ranglarida yasalgan kostyum Manikandanning birinchi uskunasi emas. 2015-yil kuzida u bundan-da og‘irroq ekzoskeletni taqdim etgan edi.
Izoh (0)