Qrim sharqidagi Qizovul nekropolida olib borilgan qazilma ishlari davomida arxeologlar VI asr “radioenaga”sini aniqladi. Ushbu uskuna chetlari suriladigan bilaguzukka mustahkamlangan mis qo‘ng‘iroqchadan iborat, deb xabar bermoqda “RBK”.
“Arxeologiya” jamg‘armasi vakili Pavel Getskoning ma’lum qilishicha, ushbu qo‘ng‘iroqcha go‘dakning qo‘liga taqilgan, shu yo‘l bilan u qayerda ekanligi aniqlangan.
“Bu qadimgilarning o‘ziga xos radioenagasidir”, — dedi arxeolog.
Artefakt taxminan antik qabrga oid bo‘lib, ilk o‘rta asrlarda qabrda yotgan go‘dak qoldiqlari bilan birga tashqariga olib tashlangan, deb taxmin qilmoqda olimlar.
Izoh (0)