Iroq harbiylari Naynava viloyatidagi to‘rt aholi yashash punktini IShID jangarilari qo‘lidan tortib oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Armiya qo‘liga o‘tgan qishloqlar viloyat markazi — Mosul shahridan 50 kilometr janubroqda joylashgan.
To‘qnashuvlar davomida 57 nafar jangari yo‘q qilingan.
Aholi punktlarini ozod qilish operatsiyasini havodan AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari qo‘llab-quvvatlab turdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)