7News telekanali Jeki Chan va Tess Xobrich bosh rollarni ijro etgan “Qonli po‘lat” filmining kadr orti videosini chop etdi. Videoda aktyorlar Sidney opera teatri ustida rol ijro etayotganini ko‘rish mumkin, deb xabar beradi TJournal.
Aprel oyida Jeki Chan 62 yoshga to‘ldi, shunga qaramay, u murakkab sahnalarni kaskadyorlar yordamisiz bajarishga urinib kelmoqda. Videoda ko‘rinishicha, Tess Xobrich ehtiyot shart trosdan foydalangan, Jeki Chan esa tomda usiz harakat qilgan.
Ssenariyga ko‘ra, Jeki Chan ayolni kriminal guruhdan qutqarishga harakat qilayotgan maxsus mo‘ljal kuchlari agenti rolida gavdalanadi. Film 2017-yilda katta ekranlarga chiqadi.
Izoh (0)