Turkiyaning janubi-sharqida sobir etilgan ikkita terakt oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar orasida bir nafar politsiya xodimi ham bor, deb xabar bermoqda “TASS”.
Hujumlarni Kurdiston ishchi partiyasi a’zolari tashkil qilgan. Mardin viloyatida jangarilar politsiya mikroavtobusi o‘tib ketayotgan vaqtda bomba o‘rnatilgan mashinani portlatib yubordi. Terakt davlat shifoxonasi yaqinidagi harbiylar yotoqxonasi binosi oldida sodir bo‘ldi. Bir nafar politsiyasi va ikki o‘tkinchi halok bo‘ldi, 25 kishi jabrlandi.
Diyorbakir viloyatida ham bomba o‘rnatilgan mashina politsiya transporti oldida portlatib yuborildi. Mahalliy hukumat rasmiylarining ma’lum qilishicha, besh kishi halok bo‘ldi, 12 kishi, shu jumladan, besh politsiyachi jarohat oldi.
Izoh (0)