Janubiy Xitoy dengizida XXR va Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining hamkorligida o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlar biror-bir uchinchi davlatga qarshi yo‘naltirilmagan. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligining matbuot xizmati bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Rossiya va XXR harbiy flotlari sentabrda o‘tkazadigan qo‘shma mashg‘ulotlar odatiy sanaladi. Ular ikki tomonning dengizdagi tahdidlarga birgalikda qarshi turish qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. O‘quvlar uchinchi davlatlarga qarshi yo‘naltirilmagan”, — deyiladi xabarnomada.
Ilgariroq ikki davlat qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)