Tailand janubidagi Nakxonsitxammarat provinsiyasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi, yana 20 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tezyurar trassada avtobus katta tezlikda sement ortilgan yuk mashinasiga to‘qnashib ketgan. Yuk mashinasining haydovchisi to‘qnashuvga qadar boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi ariqqa chiqib ketgan. Biroq yuk mashinasining yo‘lda qolib ketgan tirkamasiga avtobus borib urilgan.
Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga qaraganda, ularning barchasi Tailand fuqarolaridir.
Izoh (0)