Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida maktab avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir nafar o‘quvchi qiz halok bo‘ldi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning 16 nafari yaralandi. Bu haqda Hindistonning Business Standard gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, Jammu okrugida haydovchi transport vositasi ustidan nazoratni yo‘qotgandan so‘ng avtobus yo‘ldan chiqib ketgan.
Olti nafar o‘quvchi og‘ir ahvolda, ular mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh (0)