Oxirgi bir hafta mobaynida qurolli muxolifat Suriya hukumat qo‘shinlari nazorati ostidagi Aleppo shahrini tinimsiz o‘qqa tutishi oqibatida 162 tinch fuqaro halok bo‘ldi, yana 662 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, shaharning g‘arbiy qismida tinimsiz snaryadlar va qo‘lbola raketalar portlamoqda, ammo harbiy harakatlar olib borilmayapti. 2012-yilda jangarilar shaharga hujum qilganidan so‘ng aholining asosiy qismi o‘sha hududga ko‘chib o‘tgan edi. Aleppo g‘arbida hozirda 1,5 million kishi istiqomat qiladi. Shaharning sharqiy qismida 250 ming kishi qolmoqda.
Jangarilar 28-iyuldan buyon Suriya armiyasi ko‘magida Rossiya dushman tomonlarni yarashtirish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan gumanitar operatsiyani to‘xtatishga harakat qilmoqda.
Izoh (0)