Aviahalokatga uchragan “Paxtakor” vakillarini yodga olish tadbirlari o‘tkaziladi
11-avgust kuni 1979-yili aviahalokatga uchragan “Paxtakor” jamoasi vakillarini yodga olish tadbirlarini o‘tkazish an’ana tusiga kirgan, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
Mash’um halokatning 37 yilligi munosabati bilan soat 9:00 da “Paxtakor” stadioni hududidagi yodgorlik oldida to‘planib, halok bo‘lganlar xotirasi eslanadi. Keyin esa Botkin qabristoniga yo‘l olinadi.
Kun davomida jamoa a’zolari yodga olish bilan bog‘liq yana turli tadbirlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar