Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) prezidenti, FIFA korrupsiyasi ishi bo‘yicha gumonlanuvchi Marko Polo del Neroni iste’foga chiqaradi. Bu haqda Esportes Estadao portaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, del Nero FIFA prezidenti Janni Infantinoning Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining futbol musobaqasi uchun Rio-de-Janeyroga tashrifi chog‘ida uning daldasini qozonmoqchi bo‘lgan. Agar del Nero futboldan chetlatilmasa va CBF prezidentligidan ketmasa, FIFA 2014-yili jahon chempionatini o‘tkazgani uchun Braziliyaga 100 million dollar to‘lamaydi.
Marko Polo del Nero FQB tomonidan JCh–2014 turnirida xizmatlar ko‘rsatishga tegishli shartnomalar yuzasidan bir necha shaxslarga nisbatan o‘tkazayotgan korrupsiyaga qarshi tergov ishida gumonlanuvchilar ro‘yxatidan joy olgan. Del Neroga korrupsiya ishi bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgandi, ammo u bu ishlarga aloqadorligini rad etdi.
Izoh (0)