AQSh aerokosmik agentligi (NASA) Mars sayyorasining mingdan ortiq yangi fotosuratlarini e’lon qildi. Bu haqda Wired nashriga tayangan holda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Suratlar Mars Reconnaissance Orbiter kosmik apparati bortida o‘rnatilgan HiRISE teleskopi yordamida tushirilgan. Hozirda teleskop fazoga yo‘llangan shu turdagi eng yirik uskuna bo‘lib qolmoqda.
Teleskop joylashgan stansiya Yerga muntazam ravishda Mars haqida yangi ma’lumotlar yo‘llab turadi. O‘n yil davomida Mars Reconnaissance Orbiter tadqiq etilayotgan sayyora atrofida 50 ming marta aylandi.
Yangi fotojamlanma missiyaning o‘n yilligiga bag‘ishlandi.
Izoh (0)