Ukraina bosh prokuraturasi mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko hamda Kiyev meri Vitaliy Klichkoni Yevromaydon ishi bo‘yicha ko‘rsatma berish uchun chaqirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Poroshenko va Klichko jarayonda guvoh sifatida shohidlik beradi. Ularning ifodasi avgust oyida olinadi.
Ilgariroq bosh prokuror Yuriy Lutsenko IIV rahbari Arsen Avakov, milliy xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Turchinov hamda sobiq bosh vazir Arseniy Yatsenyuk so‘roq qilingani haqida axborot bergan edi.