“Real” yarim himoyachsi Garet Beyl 9-avgust kuni Norvegiyaning Tronxeym shahrida o‘tkaziladigan “Sevilya”ga qarshi UEFA Superkubogi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan 27 yoshli futbolchi 13-avgust, shanba kuniga tayyor bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan. Bo‘lajak o‘yinda hujum chizig‘ida Karim Benzema va Alvaro Morata harakat qilishi kutilmoqda.
Avvalroq jarohati tufayli Krishtianu Ronaldu mazkur o‘yinda ishtirok eta olmasligi haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)