Xalqaro olimpiya qo‘mitasining mustaqil komissiyasi akademik uslubda eshkak eshish bo‘yicha olti nafar rossiyalik sportchining 2016-yilgi Rio-de-Janeyro o‘yinlarida ishtirok etishiga ruxsat berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xalqaro eshkakli sport federatsiyasi (FISA) qaroriga ko‘ra, Rossiyadan talabnoma kiritgan 26 sportchidan faqat olti nafariga musobaqalarda ishtirok etish imkoniyati berildi. Bular — Artyom Kosov, Anton Zarutskiy, Vladislav Ryabsev, Nikita Morgachyov va zaxira o‘yinchisi Georgiy Yefremenko. Ular bir ekipaj sifatida harakat qilishi aytilmoqda.
Rossiya eshkakli sport federatsiyasi prezidenti Veniamin Butning ma’lum qilishicha, yana uch sportchining arizasiga hali javob berilmadi.
Izoh (0)