Ukraina Westinghouse kompaniyasi bilan yetkazmalar hajmini oshirish hamda mamlakat hududida yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarish zavodini qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda, energetika vaziri Igor Nasalikning bayonotiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Biz yetkazmalarni atom bloklarining qariyb yarmiga diversifikatsiya qilish hamda Ukraina hududida yadro yoqilg‘isi zavodini qurish bo‘yicha kelishuvga erishdik”, — dedi u.
Nasalik bu kelishuvga yaqinda AQShga uyushtirgan ishchi safari paytida erishilganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Shuningdek, u Ukraina Chernobil zonasida yadro yoqilg‘isi quruq omborini qurish bo‘yicha kredit shartnomasini imzolaganini ma’lum qildi. Shartnoma qiymati 260 million dollarni tashkil etadi.
Ayni paytda Rossiya Ukraina atom elektr stansiyalariga yadro yoqilg‘isining 95 foizini yetkazib beradi.
Izoh (0)