Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi 19-avgust kuni Beshinchi eng yaxshi koreyscha qo‘shiq ijrosi tanlovini o‘tkazadi. Tanlov “Turkiston” saroyida bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Tanlov 2012-yildan buyon elchixona tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilda “Turkiston” saroyida 12 nafar finalchi chiqish qiladi. Ular saralash bosqichidan 9-iyul kuni o‘tgan edi.
Internet orqali ovoz berishda muvaffaqiyat qozongan va ijrosi professionallar tomonidan yuqori baholangan finalchi 30-sentabr kuni Janubiy Koreyada o‘tadigan K-Pop World Festival 2016 festivalining finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
2-tanlovda g‘alaba qozongan “Alladin” guruhi 2013-yil 20-oktabrda Changvon shahrida o‘tkazilgan K-Pop World Festival 2013 festivali Gran-prisini qo‘lga kiritgan edi.
Joriy yilda tanlov doirasida “Koreyada turizm” fotoko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)