Koreya Respublikasining 2017-yilda mamlakatga AQShning THAAD zenit-raketa majmuasini joylashtirish haqidagi qarori XXRni tashvishlantirayotganligi asossizdir. Bu haqda Koreya hukumati vakili Xitoyning “Jenmin jibao” gazetasida chop etilgan maqolaga izoh berib, “Ryonxap” agentligiga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining bosh matbuot organi 3-avgust, chorshanba kuni maqola chop etib, unda Koreya yarim orolining janubiga THAAD tizimining joylashtirilishi XXR xavfsizligi uchun strategik tahdid ekanligini ma’lum qilib, Pekin tomonidan qat’iy javob choralari bilan tahdid qilgan edi.
“Xitoy Seulning ushbu qarori bo‘yicha bahslashishning o‘rniga xalqaro hamjamiyatning chaqiriqlariga qaramasdan, yadro va raketa dasturlarini rivojlantirishda davom etayotgan Shimoliy Koreyaga bosimni kuchaytirishi kerak”, — deya ta’kidladi Koreya Respublikasi hukumati vakili.
Izoh (0)