Rio-de-Janeyro Olimpiya o‘yinlarining dastlabki musobaqalari boshlandi. Ilk bellashuv ayollar futboli bo‘yicha Shvetsiya va JAR terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘ldi. Unda shvetsiyalik qizlarning qo‘li baland keldi — 1:0. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Olimpiada rasmiy saytida chop etilgan jadvalga ko‘ra, 3-avgust kuni ayollar futboli bo‘yicha boshqa bahslar ham bo‘lib o‘tishi kerak. Jumladan, Avstraliya va Kanada, Braziliya va Xitoy, Germaniya va Zimbabve, AQSh va Yangi Zelandiya, Fransiya va Kolumbiya termalari bir-biriga qarshi chiqishi ma’lum.
4-avgust kuni esa erkaklar futboli bo‘yicha ilk bahslar bo‘lib o‘tadi. Birinchi bo‘lib Iroq va Daniya terma jamoalari maydonga tushadi.
Izoh (0)