Emirates aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777 samolyotining Dubay aeroportida favqulodda qo‘nib, o‘t olishi bilan bog‘liq voqeada o‘nga yaqin yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda, Gulf News’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Yaralanganlar Rashid shifoxonasiga yotqizildi. Ularning aksariyati kuyishdan yoki tutun yutishdan zarar ko‘rgani ma’lum; faqat bir yo‘lovchi uzoq muddat davolanishiga to‘g‘ri keladi.
Tiruvanantapuram (Hindiston) — Dubay yo‘nalishidan ketayotan EK521 reysi 3-avgust kuni Dubay aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Shundan so‘ng laynerda yong‘in kelib chiqdi. Bortda 300 kishi, shu jumladan, 18 nafar ekipaj a’zosi bor edi.
Izoh (0)