Avstraliya Transport xavfsizligi byurosi rahbariyatining vakili Piter Foli 2014-yilning martida g‘oyib bo‘lgan Malayziyaning Boeing (MH370 reysi) samolyoti uchuvchilardan birining qasddan amalga oshirgan harakatlari tufayli halokatga uchragan bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda The Australian nashrining ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bu ikki yildan ortiq vaqtdan buyon qidirilayotgan samolyotning Avstraliyadan g‘arbda joylashgan hududlar chegarasida emasligini bildiradi.
“Kimdir oxirgi daqiqaga qadar samolyot boshqaruvini nazorat qilib turganligi ehtimoli mavjud va biz hozirda bu ma’lumotning tasdig‘ini topish uchun faol harakatlarni amalga oshirmoqdamiz”, — dedi Foli.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boeing-777-200 samolyotini qidirishda ishtirok etayotganlar Tanzaniya sohillarida topilgan samolyot qanoti bo‘laklari parchalari “deyarli shubhasiz” yo‘qolgan havo kemasiga tegishli ekanligini ma’lum qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)