Dunyodagi eng yirik uzoq magistral samolyotlaridan biri hisoblangan Airbus A380 layneri bortdagi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sababli Moskvaning “Domodedovo” aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Ma’lum bo‘lishicha, Emirates aviakompaniyasiga tegishli samolyot Dubaydan Nyu-Yorkka uchib ketayotgan edi.
“Yo‘lovchi ayolning qon bosimi oshib ketdi. U reysni tark etgan. Layner parvozni usiz davom ettiradi”, — deya ma’lum qilindi “Interfaks” agentligiga.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)