Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte yangi mavsum oldidan bergan intervyusida “Manchester Yunayted” hujumchisi Zlatan Ibrahimovich bilan A seriyada raqobatlashgan vaqtlarini yodga oldi.
“Sports.ru”ning qayd etishicha, Antonio Konte va Zlatan Ibrahimovich mos ravishda “Yuventus” hamda “Milan” kabi klublar sharafini bitta mavsumda himoya qilgan raqiblar bo‘lgan.
“Bunga ishonish qiyin. Biz 2012/13-yilgi mavsum oldidan favorit emasdik. Matbuot bizga 6 yoki 7-o‘rindan birini ravo ko‘rib bo‘lgandi. ‘Milan’ safida esa Zlatan bor edi. Buni qarangki, o‘sha mavsum Ibrahimovich g‘olib chiqa olmagan yagona mavsum bo‘lib qoldi”, — deb ta’kidlagan Antonio Konte.
2012/13-yilgi mavsumda Antonio Kontening “Yuventus”i chempionlikni qo‘lga kiritgan, Zlatan esa birinchi marta oltin medallardan chetda qolib ketgandi.
Intervyu yakunida mutaxassis Angliya Premyer-Ligasining yangi mavsumida ham eski tarix takrorlanishiga umid bildirgan.
Izoh (0)