Angliyaning amaldagi chempioni “Lester” Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasidagi o‘zining ikkinchi uchrashuvini Fransiya chempioni “PSJ”ga qarshi o‘tkazib, 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvda fransiyaliklar har bitta taymda ikkitadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hisob Edinson Kavani tomonidan ochilgan bo‘lsa, keyinroq Ikone, Moura, Eduard kabi futbolchilar ham gol urishga erishdi.
“Lester”ning birinchi o‘yini Shotlandiya vakili “Seltik”ka qarshi o‘tgan bo‘lib, o‘yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etilgan, penaltilar seriyasida Klaudio Ranyeri shogirdlari 6:5 hisobida ustun kelgandi.
Unai Emeri boshchilik qilayotgan “PSJ” Premyer-Liga chempioniga qadar Ispaniyaning “Real” va Italiyaning “Inter” klublarini bir xilda — 3:1 hisobida mag‘lub etgandi.
3-avgust kuni “Lester” Ispaniyaning “Barselona” klubi bilan to‘qnash keladi.
International Champions Cup—2016 Kaliforniya, AQSh 30-iyul, 2016
“PSJ” — “Lester” 4:0
Gollar: Kavani, 26-pen (1:0). Ikone, 45 (2:0). Moura, 64 (3:0). Eduard, 90 (4:0).“PSJ”: Areola, Kimpembe (Georgen, 80), Stambuli (Moura, 61), Motta (Nkunku, 62), Kavani (Ben Arfa, 61), Pastore (Rabiot, 62), Di Mariya (Kallegari, 62), Menye (Orye, 80), Maksvell (Kurzava, 79), David Luis (Krixovyak, 61), Ikone (Eduard, 80).
“Lester Siti”: Shmeyxel, Luis Ernandes (Simpson, 46), Chilvel (Fuks, 46), Morgan, Xut, Amarti (Drinkuoter, 46), Shlup (Olbrayton, 46), Okazaki (Musa, 46), Ulyoa, Mendi (King, 66), Mahrez (Gray, 66).
Izoh (0)