Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayoniga Mishel Barnye kuratorlik qiladi. Ushbu qaror 27-iyul, chorshanba kuni Yevropa komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker tomonidan qabul qilindi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Barnye vazifasini bajarishga 1-oktabrdan kirishadi.
Bundan avval Barnye Fransiya tashqi ishlar va qishloq xo‘jaligi vazirliklari rahbari lavozimlarini egallagan. 2010—2014-yillarda esa Yevropa komissiyasining ichki bozor ishlari bo‘yicha a’zosi bo‘lgan.
Izoh (0)