Armaniston poytaxti Yerevan janubidagi Erebuni tumanida joylashgan politsiya patrul-post xizmati polkini garovda tutib turgan “Sasna srer” qurolli guruhining a’zolaridan biri Aram Manukyan ikki oyga hibsga olindi. Bu qarorni 27-iyul kuni poytax shahar birinchi instansiya sudi qabul qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Sasna srer” rahbari Pavel Manukyan va uning o‘g‘li Aram garovdagi bino yaqinida sodir bo‘lgan otishmada yaralangan va qo‘lga olingan edi.
Advokat Inessa Petrosyanning ma’lum qilishicha, Aram sog‘lig‘i tufayli sud eshituvida qatnashishdan bosh tortdi. Oyog‘idan yaralangan muxolifatchi “Erebuni” tibbiy markazida jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi.
Tergov, shuningdek, Pavel Manukyanni hibsga olish yuzasidan iltimosnoma kiritdi, ammo bu borada qaror qachon qabul qilinishi ma’lum emas. Pavel ham, o‘g‘li kabi, oyog‘idan og‘ir jarohat olingan bo‘lib, tungi soatlarda jarrohlik stoliga yotdi. Hozir u reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida bo‘lib, sun’iy nafas olish uskunasiga ulangan.
Izoh (0)