KXDR 2011-yildan buyon, ya’ni Kim Chen In hukumat boshqaruviga kelgandan so‘ng 31 ta ballistik raketa uchirdi. Bu haqda 27-iyul, chorshanba kuni Koreya Respublikasi Milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“KXDR oxirgi besh yil davomida Kim Chen Irning butun boshqaruv davriga qaraganda ikki marta ko‘proq raketa uchirdi”, — deya ta’kidladi harbiy boshqarma. Kim Chen Ir KXDRni 1994-yildan 2011-yil, o‘limiga qadar boshqargan va bu davrda mamlakatda 16 ta ballistik raketa uchirilgan.
Kim Chen In boshqaruvi davomida esa KXDR kichik radiusda harakatlanuvchi 16 ta “Skad”, 1,5 ming kilometr radiusda harakatlanuvchi oltita “Nodon”, parvoz masofasi 4 ming kilometrgacha bo‘lgan oltita “Musudan” raketasi, shuningdek, suvosti kemasi bortidan uchta ballistik raketa uchirdi.
Janubiy koreyalik harbiylarning hisob-kitobiga ko‘ra, bu raketa uchirishlar uchun KXDR budjetidan taxminan 97 million dollar sarflangan.
Izoh (0)