Joriy yilning boshidan beri O‘rta Yer dengizida uch ming qochqin halok bo‘ldi. Bu haqda, Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotlariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Joriy yilda uch ming kishilik ko‘rsatkich iyul oyida, ya’ni o‘tgan yillardagidan oldinroq qayd qilindi. 2014-yilda bunday ko‘rsatkich sentabrda, 2015-yilda esa oktabrda qayd qilingan edi”, — dedi tashkilot matbuot kotibi Joyel Millman.
Har to‘rt qochqindan uch nafari Shimoliy Afrikadan (asosan Liviyadan) Italiyaga kelayotganida halok bo‘ldi. Bu muhojirlar uchun Yevropaga eltadigan eng xavfli yo‘l hisoblanadi.
Qolganlar esa Turkiyadan dengiz yo‘li orqali Gretsiyaga borayotganida cho‘kib ketdi.
Izoh (0)