“Barselona” hujumchisi Lionel Messining sartaroshi Ariel Bermudes mijozining imiji o‘zgartirilganiga izoh berdi. Bu haqda “Sports.ru” nashriga tayanib, “Stadion.uz” xabar bermoqda.
“Vaqt o‘tgan sari Messi o‘zgarmoqda va qaror chiqarishda dadilroq bo‘lib bormoqda. Unga bu soch turmagi yoqdi. Shuningdek, u avvalroq soqol qo‘ygan edi. Men uni bir necha marta soqol bilan ko‘rganman, bu uni yanada erkaktabiat qiladi. Men bu yaxshi variant deb o‘yladim. Soqolining rangi tabiiy. Sochlariga kelsak, biz kulrangni tanladik. Bu hozir Yevropada urf bo‘lgan”, – dedi sartarosh.
Izoh (0)