Venesuelaning Miranda shtatida bir-biri bilan ixtilofdagi ikki jinoiy to‘daning ko‘cha otishmasi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Voqea 24-iyul, yakshanba kuni sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Mahalliy Universal gazetasining ma’lum qilishicha, otishma oqibatida ikki jinoyatchi bilan bir qatorda to‘rt begunoh o‘tkinchi ham halok bo‘lgan. Bundan tashqari, kamida uch kishi jarohat olgan.
Izoh (0)