Pokemon Go o‘yini chiqqanidan buyon Nintendo kompaniyasining aksiyalari barqaror o‘sib kelayotgan edi. Ammo investorlar o‘yin ishlab chiqaruvchisi aslida kimga tegishliligini bilib qolgani bois Nintendo aksiyalarining narxlari 18 foizga tushib ketdi. Bu haqda, The Verge nashriga asoslanib, “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
Investorlarning aniqlashicha, Pokemon Go Nintendo’ga tegishli emas ekan. U Niantic Labs bilan birgalikda o‘yin ustida ishlagan The Pokemon Company kompaniyasining 32 foiziga egalik qilar ekan. Niantic Labs, o‘z navbatida, ilgari Google’ga tegishli bo‘lgan, ammo bevosita o‘yinning chiqishi oldidan mustaqil kompaniyaga aylangan.
Shu tariqa, Nintendo aksiyalari bir kunda 6,4 milliard dollarga arzonlashdi.
Bundan tashqari, Nintendo chop etgan matbuot xabarnomasida Pokemon Go’ning chiqishi kompaniya tushumining rekord darajada o‘sishiga olib kelmasligi ta’kidlanadi, negaki olingan mablag‘ pokemonlar haqidagi o‘yin ishqibozlari uchun yangi vositalar ishlab chiqarishga sarflanadi.
Izoh (0)