Germaniya politsiyasi Bavariyaning Ansbax shahridagi restoranda o‘zini portlatgan xudkushning shaxsini aniqladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
NordBayern nashrining ma’lum qilishicha, matbuot anjumani chog‘ida Ansbax prokurori Mixael Shretberger o‘zini vino barida portlatgan shaxs ikki yil muqaddam Germaniyaga qochqin sifatida kelgan Suriya fuqarosi ekanligini aytgan.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni u 2,5 ming tashrifchi ishtirokidagi musiqiy festivalga kirmoqchi bo‘lgan, ammo uni qo‘yishmagan.
Bavariya IIV rahbari Yoaxim Xerrmanning so‘zlariga qaraganda, nomi keltirilmayotgan qochqin bunga qadar Germaniyada ikki marta joniga qasd qilishga uringan. Uning ryukzagidagi harakatga keltirilgan portlovchi uskuna metallik parchalar bilan boyitilgan bo‘lib, boshqa odamlargayam zarar berishi mumkin edi.
Izoh (0)