Eron mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi. O‘zA ma’lumotiga ko‘ra mamlakat delegatsiyasi 6 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Oltin
7 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasidagi turnirlarda o‘zbekistonlik Afruza Hamdamovaga uch yo‘nalish bo‘yicha hech bir sportchi teng kela olmadi. U rapid va blitsda ham barcha raqibalarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.Xumoyun Sindorov ham 7 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilarning rapid bellashuvlarida barchadan ko‘p ochko to‘pladi. Alixon Avazxonov O‘zbekiston terma jamoasi uchun beshinchi oltin medalni taqdim etgan bo‘lsa, 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar to‘qnashuvining blits qismida Daler Vohidov Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)