Turkiya sudi prezident polkining 300 harbiy xizmatchisini hibsga olishga ruxsatnoma berdi. Bu haqda, TRT telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ayni paytda politsiya vakillari polk garnizonida hibsga olishlarni amalga oshirmoqda. Qo‘lga olinayotganlar orasida polkning zobitlar tarkibi vakillari, shu jumladan, to‘ntarish tunida TRT telekanali xodimlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda isyonchilarning bayonotini o‘qib eshittirishga majbur qilganlar bor.
Cumhuriyet gazetasining yozishicha, prezident polki qo‘mondoni to‘ntarish tashkilotchilarini qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirgan va hatto prezident devonxonasi bosh kotibiga qurol bilan tahdid qilgan.
Izoh (0)