Shveysariya hukumati qimmatbaho soatlarni KXDRga sotishni taqiqladi. Bu haqda, BBC’ga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Shveysariya soatlarining ishqibozidir. BMT tomonidan KXDRga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarga qaramay (taqiq birinchi galda zeb-ziynat buyumlariga daxldordir), Shveysariya ushbu davlatga soat eksport qilib kelayotgan edi.
2012-yilda Kim Chen In o‘zi va partiyadoshlari uchun 220 ming dollarga qo‘l soatlari sotib olgan edi.
Soat sotishga qo‘yilgan taqiqdan tashqari, Shveysariya Shimoliy Koreya amaldorlarining mamlakatdagi hisoblarini muzlatib qo‘ydi.
Izoh (0)