Politsiya Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan Olympia-Einkaufszentrum savdo markazida sodir bo‘lgan otishmada bir necha kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda, Süddeutsche Zeitung nashriga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq ayrim axborot kanallari otishmada 15 kishi halok bo‘lganini, boshqalari esa bir kishi halok bo‘lib, o‘n kishi yaralanganini xabar qilgan, ammo politsiya bu ma’lumotlarni tasdiqlamagan edi.
Ayni paytda politsiya maxsus operatsiya o‘tkazmoqda, uning tafsilotlari oshkor qilinmayapti. Mahalliy televideniyening ma’lum qilishicha, jinoyatchi haligacha bino ichida bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, jinoyatchi metro orqali qochgan bo‘lishi mumkin, shu bois metropolitenning bir nechta yo‘llaridagi harakat vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yildi, bir qancha avtobus va tramvay yo‘nalishlari bekor qilindi.
Izoh (0)