Armaniston prezidenti Serj Sargsyan mamlakat poytaxtida yuzaga kelgan ixtilofni tinch yo‘l bilan hal qilish lozimligini bildirib o‘tdi. Bu haqda u huquq-tartibot organlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda aytdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Vaziyatni tinch yo‘l bilan iziga tushirish uchun barcha choralar ko‘rilishi lozim. Ayni paytda sabablar haqida gapirib o‘tirmayman, hozir buning vaqti emas. Faqat barchamiz bundan xulosa qilishimiz kerakligini aytaman”, — dedi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 17-iyuldan buyon “Ta’sis parlamenti” muxolif harakati a’zolaridan iborat qurolli guruh Yerevanning Erebuni tumanida joylashgan politsiya patrul-post xizmati polkini egallab, bir qancha odamlarni garovda ushlab turibdi. Ular muxolif siyosatchi Jirayr Sefilyanning hibsdan ozod etilishini hamda hukumat iste’fosini talab qilmoqda. Muzokaralar hozircha samara bergani yo‘q. Muxolif harakat tarafdorlari voqea joyida to‘planib, huquq-tartibot kuchlari bilan to‘qnashuvlar yuzaga keldi, buning oqibatida jarohatlangan bor.
Izoh (0)